avatar
Куч
0.10
Рейтинг
+0.04

Мақолалар

«MENING BOBOM, BUVIM – MAHALLAMIZ FAXRI”

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
           MAVZU: «MENING BOBOM, BUVIM – MAHALLAMIZ FAXRI”
 
Reja:1. Mahallamiz faxriylari-yosh avlod uchun o’rnak.
         2. Keksalar doimo hurmatda va e’zozda.
         3. Tarixiy xotirasiz –kelajak yo’q.
         4. Xotira –muqddas, qadrlash burch.
         5. Xulosa.
        
          Har birimizga ma’lumki ikkinchi jahon urushi davomida yosh-u qari birdek harakat qildi. Ular ozodlik uchun qanchadan-qancha mashaqqatli kunlarni boshlaridan o’tkazdilar. Ularning oralarida bobolarimiz ham bo’lishgan. Ular mana shunday qonli janglarda Vatan uchun kurash olib bordilar. Keksalarimizdagi sadoqat, Vatanga muhabbat bizga o’rnak emasmi? Yillar o’tib qariyalarimiz yoshligida qilgan mehnatlari evaziga yurtimiz faxriga aylanmoqdalar. Jumladan, birgina maktabimiz faxriy ustozlarimiz kelgusi ustozlarga o’rnak bo’lib xizmat qiladilar. Biz ham yurtimiz faxriylari bilan faxrlanamiz va ulardan o’rnak olamiz. Ular faqat yurtimizda yoki maktabimizda emas, mahallalarimiz faxriysiga aylanib bo’lishgan.
 
 Urushning qonli ham dahshatlaridan,
 Vatan uchun jonin fido etganlar,
Yosh avlod o’ynasin, quvnasin debon,
Bizlar uchun jangda halok bo’lganlar.
Sizlarning nomingiz yurakda har on
Sizni unutmaymiz Temur bobojon.
Yurtimning faxriysi bo’lingiz sizlar,
Sizlardan o’rnak olurmiz biz o’g’il-qizlar!
 
           Bugungi kunda ko’pgina televizor va radiolardan eshitgan bo’lsangiz kerak. Ikkinchi jahon urushida mardonavor qatnashib, tinchlik uchun kurashda o’z hissalarini qo’shgan mehnat faxriylari munosib taqdirlanmqda. O’zbekiston buyuk davlatlar qatorida turadi. Yagonasan muqaddas vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida go’zal O’zbekistonim!
          Bu dunyoda inson aziz. Birgina inson hamma narsaga qodir.
 
Qadr shulkim bu yurtda hazrati inson aziz,
Hazrati inson uchun, yaralgan imkon aziz.
Inshoolloh hech kimdan kam bo’lmaydi bu millat,
Erk bayrog’in ko’targan hur O’zbekiston aziz!
 
         Yurtimiz mustaqillikga erishganidan so’ng, ko’pgina ezgu ishlar amalga oshirildi. Jumladan, keksa va nogiron hamyurtlarimizga mislsiz imkoniyat va e’tibor berib kelinmoqda. Yangi 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash” deb e’lon qilinishi nuroniy otaxon-u onaxonlarimizga bo’lgan hurmat va ehtiromning isboti desak mubolag’a bo’lmaydi. Buning mohiyati shundaki fuqarolarga qaratilayotgan e’tibor yuksaklik darajasida ko’tarilmoqda. Buni raqamlarda hisoblaydigan bo’lsak o’tgan yillar davomida o’rtacha umr 55-60 yoshni, bugungi kunga kelib 70-75 yoshni tashkil qilyapti. Bu esa yurtimizni yanada obod va farovon hayot kechirayotganining isotidir. Shunday ekan ularni yanada e’zozlash va ardoqlashimiz kerak. Ularning qordek oppoq bir tola sochiini behuda yerga to’kilishiga yo’l qo’ymasligimiz lozim. Chunki bu dunyoda keksalarimiz g’animat. Ularning beg’ubor yuraklari hali urib turganda qadrlariga yetish har birimizning muqaddas burchimizdir.
 
 Asl farzand bo’lay desangiz,
Gulday unib o’say desangiz.
Duo olib yuray desangiz
Ezgu ishlar qilay desangiz
Har bir tongni savobdan boshlang,
Keksalarni e’zozlab yashang.
Suyanchiqdir tog’imiz har on
Kundan kunga turmush farovon
Ular bilan totli hur zamon
Baximizga bo’lishsin omon
Har bir tongni savobdan boshlang
Keksalarni e’zozlab yashang!
 
        “Qari bilganni, pari bilmas” – deydi dono xalqimiz. Haqiqattan ham bu sochlar o’z- o’zidan oqargan emas, bu nurli yuzlarni bejiz ajin bosmagan. Bularning barcha – barchasi hayotning zarblaridan, turli to’siqlardan, bir kam dunyo kamlaridan qolgan izdir. Har bir nuroniy inson- hayot saboqlari, sabr – bardosh, matonati kabi tushunchalar,dunyo jumboqlarining, jamiki tilsimlarning kalitini o’zida jo qilgan, hali to’liq o’qib bo’linmagan bir kitobdir. Shunday ekan keksalarimizni qadriga yetaylik. Zotan ular hayotimiz gultoji.
         Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi va bevosita rahbarligida xalqimiz xotirasini tiklash u bosib o’tgan ming yillik tarixni xolis va chuqur o’rganish unitilayozgan milliy – madaniy qadriyatlarni xalq hayoti va xotirasiga qaytarish borasida ulkan ishlar amalgam oshirildi. Sho’ro hukmronligi davrida tashlandiq joylarga, hatto vayronalarga aylantirilgan yuzlab muqaddas qadamjolarimiz, masjid madrasalar, madaniy yodgorliklarning qayta tiklanishi, “Xalq dushmani” sifatida qatl etilgan millatparvar shoir yozuvchilar, olim-u ulamolarning ilmiy ijodiy merosi namunalarining  ko’plab nashr etilishi xalq xotirasining uyg’onishida istiqlol fidoyilarining qadrlanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “ har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o’z maqsad muddalari, shu bilan birga umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix boladi.” Demak, tarixiy xotirasiz – kelajak yo’q deganda bizning o’tmishimizdagi ota-bobolarimiz, ajdodlarimizni tushunamiz. Biz o’z tariximizni bilishimiz, unga qiziqishimiz lozim. Yurtimiz tarixida ham ko’plab jangu- jadallar bo’lib o’tgan. O’shanda bizning ajdodlarimiz ya’ni ota-bobolarimiz ishtirok etib tinchlik uchun kurashganlar.
       Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi va bevosita rahbarligida xalqimiz xotirasi tiklandi deb to’xtalib o’tdik. Prezitentimiz 1999-yil 12-maydagi farmoyishiga binoan, yurtimizda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanadigan bo’ldi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vatan va xalq ozodligi yo’lida qurbon bo’lgan fidoiylar xotirasini adabiylashtiriah to’g’risida”-gi qarori e’lon qilindi. Endilikda o’tgan ajdodlarimizni xotirlash va mo’taba zamondoshlarimiz hurmatini joyiga qo’yishda “Xotira va qadrlash kuni” ning nishonlanishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu bayram boshqa bayramlar va an’anlarimizdan farq qiladi. U olamdan o’tgan ajdodlarni eslashgina emas, Vatan uchun kurashda halok bo’lgan, sobiq mustabit tuzum davrida qatag’on qilingan, xalq farovonligi va mamlakat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shgan kishilarning xotirasini hurmat qilish hamdir. Darhaqiqat, hayotimizning ajralmas qismiga aylanib qolgan. Bu kun yurtdoshlarimizda mehr shavqat, muruvvat, o’zligini angash hayotning hissini kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etaveradi.
 
         Xulosamdir biling siz,
         Aytar so’zim tinglangiz.
         Kattalarni e’zozlab,
         Yetuk inson bo’lingiz!
 
          Demak mahallalarimiz faxriylaridan doimo o’rnak olishimiz kerak. Ularni e’zozlash va qadrlash eng oliy burchimizdir. Biz bobo va buvilarimizni hurmat qilsakkina xalqimiz tinch va farovon hayot kechiraveradi. Ularning har bir aytgan so’zlari va duolari bizna komil inson bo’lib yetishishimizga undaydi. Doimo, har on va hamisha keksalarni e’zozlab yashaylik, chunki ular mahallamiz faxridirlar!
 
Namanganviloyati .Kosonsoy tuman.
XTMFMTTE bo’limiga qarashli
 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi
 5-sinf  o’quvchisi
Vahobova Charos  G’ofurjon qizi

: «MENING BOBOM, BUVIM – MAHALLAMIZ FAXRI”

Namangan viloyati .Kosonsoy tuman.XTMFMTTE ,o’limiga qarashli 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi 5-sinf  o’quvchisi Vahobova Charos  G’ofurjon qizi